Reveo
Oflayn tahlil · Savdo zali

Savdo zalidagi suhbatlar nihoyat ko‘rinadi.

Onlayn savdoda har bir so‘z saqlanadi. Zalda esa eng muhim e’tirozlar ovoz chiqarib aytiladi va hech qayerga yozilmaydi. Reveo shu bo‘shliqni yopadi.

0qo‘shimcha ish sotuvchida
4ajratiladigan ma’lumot turi
2 haftasinov muddati
Zal · bejdikrozilik bilan yozildi
M Mebel saloni · 12:40Suhbat · 9 daqiqa

“Divan yoqdi, lekin byudjetimiz 12 millionga yaqin. Qo‘shnimiz boshqa do‘kondan bo‘lib to‘lash bilan olgan ekan…”

Ehtiyoj3 o‘rinli divan, kulrang Byudjet≈ 12 000 000 so‘m E’tirozNarx · bo‘lib to‘lash yo‘q RaqobatchiQo‘shni do‘kon nomi
Haftalik hisobote’tirozlar TOP-5
Qayerda ishlaydiRiteyl va shourumAvtosalonMebel va interyerKlinika
Nimani ko‘rasiz

Hisobotda chiqadigan ma’lumot.

Har bir suhbat bir xil tuzilmaga soladi — shuning uchun yuzta suhbatni birdan taqqoslash mumkin bo‘ladi.

E’T

Eng ko‘p e’tirozlar

Qaysi e’tiroz necha marta aytildi va qaysi javobdan keyin bitim bo‘ldi.

BYU

Byudjet oralig‘i

Mijozlar amalda qanday summani aytmoqda — reklamadagi va’dadan farqi bilan.

RAQ

Raqobatchilar

Zalda qaysi brend tilga olinadi va nima sababdan.

SOT

Sotuvchi kesimi

Eng yaxshi sotuvchi nimani boshqacha aytishini — so‘zma-so‘z.

MAH

Mahsulot uchun

Takrorlanadigan ehtiyojlar guruhlanadi: nima yetishmayapti, nima so‘ralyapti.

MAR

Marketing uchun

Mijozning o‘z so‘zlari — reklama matni uchun tayyor til.

Uch qadam

Yozib olish → tuzilma → amal.

01

Yozib olish

Bejdik yoki telefon suhbatni mijoz roziligi bilan yozadi. Sotuvchining ish kunida boshqa hech nima o‘zgarmaydi.

02

Tuzilma

AI har bir suhbatdan ehtiyoj, byudjet, e’tiroz, tilga olingan raqobatchi va keyingi qadamni ajratadi.

03

Amal

Sotuv — follow-up, mahsulot — guruhlangan ehtiyojlar, marketing — mijozning haqiqiy so‘zlari.

Sotuvchi ketadi — bilim qoladi.

Zaldagi tajriba odatda bitta odamning boshida turadi. Tuzilmaga solingan suhbatlar bu tajribani kompaniyaning o‘zida qoldiradi: yangi xodim birinchi kunidan eng yaxshi suhbatlarni o‘qiy oladi.

100%suhbatlar bir xil tuzilmada
1manba: mijozning o‘z so‘zlari
arxiv — qidirish mumkin
Savollar

Ko‘p so‘raladigan savollar

Uskuna kerakmi?

Ha, bejdik yoki mos smartfon. Uskunani biz yetkazib beramiz va qo‘llab-quvvatlaymiz.

Sotuvchi qo‘shimcha ish qiladimi?

Yo‘q. Yozish avtomatik; hisobotni rahbar ko‘radi.

Qaysi bizneslarga mos?

Riteyl, shourum, avtosalon, mebel, klinika — mijoz bilan uzoq suhbat bo‘ladigan joylar.

Natijani qachon ko‘ramiz?

Birinchi hisobot — bir haftalik suhbatlar to‘plangach.

Shovqinli zalda ishlaydimi?

Ha, lekin sifat pasayadi. Sinov davrida aynan sizning zalingizda tekshiramiz.

Bepul demo

Bitta do‘kondan boshlaymiz.

Bir do‘konda ikki hafta sinov o‘tkazamiz va natijani taqqoslab ko‘rasiz.

Yoki yozing — hello@reveo.uz