Mijoz yozadi. Qo‘ng‘iroq qiladi. Do‘konga keladi. Barchasiga ulgurasizmi?

Reveo ijtimoiy tarmoqlarda mijoz savollariga javob beradi, qo‘ng‘iroqlarni tahlil qiladi, do‘kon va showroom sotuvchilarini nazorat qiladi.

225+ kompaniya Reveo bilan ishlaydiTelegramInstagramWhatsApp
Reveo paneli: lidlar, suhbatlar, qo‘ng‘iroq baholari va savdo zali e’tirozlari bitta ekranda
AI chat manager

Messenjerdagi savolga o‘zingiz javob bergandek

AI chat manager Telegram, Instagram va WhatsApp’dagi xabarlarni o‘qiydi va sizning narx, xizmat va ish vaqtingiz asosida javob beradi. Sohani tanlang — yoki o‘zingiz yozib ko‘ring.

Carland
Reveo AI
Sinab ko‘rishingiz mumkin
Oflayn tahlil

Savdo zalidagi suhbat ham hisobga tushsin

Sotuvchi bejdikni taqadi — qolganini Reveo qiladi. Suhbat yoziladi, ehtiyoj, byudjet va e’tiroz ajratib olinadi va panelingizda tayyor ma’lumot bo‘lib chiqadi.

Savdo zalidagi suhbat ham hisobga tushsin
Reveo paneli

Har bir suhbat ehtiyoj, byudjet va e’tiroz bo‘yicha tuzilgan ma’lumot bo‘lib tushadi — filial va sotuvchi kesimida.

Bejdik

Sotuvchi taqib yuradigan kichik qurilma. Suhbatni mijoz roziligi bilan yozadi, kun bo‘yi ishlaydi va yozuvni o‘zi Reveo’ga yuboradi — sotuvchi hech nima bosmaydi.

Haftalik hisobot

E’tirozlar TOP-5: qaysi e’tiroz necha marta aytilgan va qaysi javobdan keyin bitim bo‘lgan.

Qayerda ishlaydi

Riteyl va shourum, avtosalon, mebel va interyer, klinika — zalida suhbat bo‘ladigan har qanday biznes.

Qo‘ng‘iroq tahlili

Har bir qo‘ng‘iroq — baholangan

Reveo sotuv qo‘ng‘iroqlarini matnga aylantiradi va sizning mezonlaringiz bo‘yicha baholaydi. Operator nimani o‘tkazib yuborganini taxmin qilmaysiz — panelda ko‘rasiz.

Har bir qo‘ng‘iroq — baholangan
Har bir qo‘ng‘iroq

Tanlab emas — hammasi. Yozuv matnga aylanadi, suhbat bosqichma-bosqich baholanadi va past ball sababi bilan ko‘rsatiladi.

Kunlik hisobot

Nechta qo‘ng‘iroq bo‘lgan, nechtasi bog‘langan, o‘rtacha ball qancha va qancha lid javobsiz qolgan — har kuni ertalab tayyor.

Baholash mezonlarini tayyorlab beramiz

Salomlashuv, ehtiyojni aniqlash, e’tiroz bilan ishlash, keyingi qadam — skriptingiz asosida mezonlarni biz tuzamiz va siz tasdiqlaysiz.

Telefoniyangiz ustiga qo‘shiladi

Operatoringizni yoki raqamlaringizni almashtirish shart emas — mavjud tizimingizga ulanadi.

Mijozlar

225+ kompaniya Reveo bilan sotadi

Integratsiyalar

Tizimlaringizga ulanadi

Mijozlar izohlari

Mijozlarimiz natijasi

K-DAVOK-DAVOKlinika
ValvolineValvolineAvto moylari
MyCargoMyCargoKargo
WestWestFast-fud
Space CoworkingSpace CoworkingKovorking
SaberSaberGo‘zallik saloniBatafsil →
NRG BINRG BIQurilish
CarlandCarlandAvtoservis
NumaNumaDo‘konlar tarmog‘iBatafsil →
Sariq Bola PizzaSariq Bola PizzaPitsa