Mijozlarni qaytarish · retention

Uxlab qolgan mijozlarni qaytarish tizimi.

Reveo uzoq vaqt xarid qilmagan mijozlarni topadi, ularni qiymat va xarid tarixi bo'yicha ajratadi, keyin har bir segment uchun mos xabar va taklif tayyorlaydi.

Yaxshi reaktivatsiya hamma mijozga bir xil chegirma yuborish emas. Savol boshqacha: bu mijoz nega to'xtadi va uni aynan hozir nima qaytarishi mumkin?

Muammo

Oddiy ommaviy xabarlar ko'pincha ishlamaydi.

Bitta mijoz narx sabab to'xtagan, boshqasi unutgan, uchinchisi yangi mahsulot kutyapti, to'rtinchisi esa raqobatchiga o'tgan. Hamma uchun bir xil xabar yuborilsa, biznes nima ishlaganini ham tushunmaydi.

  • Qimmat mijozlarni ortiqcha chegirmasiz qaytarish.
  • Menejer kerak bo'lgan javoblarni avtomatik xabarlardan ajratish.
  • Ketish sabablarini segmentlar bo'yicha ko'rish.

Jarayon

Reveo qanday ishga tushiradi.

01

Topamiz

RFM tahlil orqali uxlab qolgan, xavf ostidagi va qimmat mijozlar ajratiladi.

02

Taklif beramiz

Segmentga qarab yangi mahsulot, bonus, servis, maslahat yoki shaxsiy taklif tanlanadi.

03

Menejerga uzatamiz

Javob bergan mijozlar kontekst bilan jamoaga tushadi, shunda issiq imkoniyat yo'qolmaydi.