Telegram · WhatsApp · Instagram

Takroriy savdo uchun muloqot kanallarini avtomatlashtirish.

O'zbekistonda mijoz ko'pincha e-mailda emas, Telegram, WhatsApp yoki Instagram Directda javob beradi. Reveo segmentga mos xabar yuboradi va issiq javoblarni menejerga uzatadi.

Avtomatlashtirishning maqsadi ko'proq xabar yuborish emas. Maqsad: har bir segment o'ziga mos sabab bilan qaytsin, menejer esa javobni vaqtida ko'rsin.

Kanallar

Reveo qayerda yordam beradi.

TG

Telegram

Tezkor xabarlar, shaxsiy takliflar va menejerga kontakt uzatish uchun qulay.

WA

WhatsApp

Servis, maslahat, tasdiqlash va qayta murojaat qilish ssenariylari uchun mos.

IG

Instagram

Mahsulot vizual bo'lgan va mijoz Direct orqali yozadigan bizneslar uchun muhim.

Qoidalar

Spam emas, segmentga mos muloqot.

Reveo avval mijozlarni segmentlaydi. Yaqinda xarid qilgan mijozga bir xabar kerak, qimmat lekin uzoq vaqt yo'qolgan mijozga boshqa taklif kerak, javob bergan mijoz esa menejerga o'tishi kerak.

  • Xabar RFM segment va xarid tarixiga bog'liq bo'ladi.
  • Kanal mavjud kontakt va mijoz odatiga qarab tanlanadi.
  • Issiq javob avtomatik oqimda qolmaydi, jamoaga o'tadi.
  • Natija umumiy yuborish bo'yicha emas, segment bo'yicha o'lchanadi.