Reveo
DasturlashToshkent, ofisdaTo‘liq kun

Software engineer

Reveo platformasini — AI chat, qo‘ng‘iroq va oflayn tahlilni — backenddan interfeysgacha quramiz.

Reveo haqida

Reveo mijoz bilan har bir suhbatni — messenjerda, telefonda va savdo zalida — biznes uchun ma’lumotga aylantiradi: AI chat menejer, qo‘ng‘iroqlar tahlili va oflayn tahlil. Jamoamiz kichik: har bir odam mahsulotning bir qismiga to‘liq javob beradi.

Vazifalar

  • Yangi funksiyalarni boshidan oxirigacha yozish: API, ma’lumotlar bazasi, interfeys
  • Instagram, Telegram, CRM va to‘lov tizimlari bilan integratsiyalar
  • Kodni testlar bilan yozish va productionda kuzatish

Talablar

  • TypeScript / Node.js bilan tijoriy tajriba (NestJS — plyus)
  • PostgreSQL, REST API, Git
  • React — plyus
  • Mustaqil ishlash va vazifani oxiriga yetkazish
← Barcha vakansiyalar