Reveo
AnalitikaToshkent, ofisdaTo‘liq kun

Data analitik

Suhbatlar, qo‘ng‘iroqlar va savdo ma’lumotlaridan biznes uchun tushunarli xulosalar chiqarasiz.

Reveo haqida

Reveo mijoz bilan har bir suhbatni — messenjerda, telefonda va savdo zalida — biznes uchun ma’lumotga aylantiradi: AI chat menejer, qo‘ng‘iroqlar tahlili va oflayn tahlil. Jamoamiz kichik: har bir odam mahsulotning bir qismiga to‘liq javob beradi.

Vazifalar

  • Mahsulot va savdo metrikalari bo‘yicha hisobotlar va dashboardlar
  • AI javoblari va lid sifatini tahlil qilish
  • Jamoa uchun ma’lumotga asoslangan tavsiyalar tayyorlash

Talablar

  • SQL (PostgreSQL) bilan erkin ishlash
  • Python yoki Excel/Google Sheets’da tahlil
  • BI vositalari (Metabase, Looker Studio va h.k.) — plyus
  • Raqamlarni oddiy so‘z bilan tushuntira olish
← Barcha vakansiyalar